Dunyodagi hozirgi vaziyat "oxirzamon" tuyg‘usini keltirib chiqarishi mumkin, biroq insoniyat ilgari bundan ham jiddiyroq qiyinchiliklarga duch kelgan, deb bayonot berdi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Bu haqda u "Vesti" axborot tizimi muxbiri Pavel Zarubinga bergan sharhida aytib o‘tdi.
"Insoniyat tarixida nimalar bo‘lmagan deysiz, shunchaki biz siz bilan u paytlarda yashamaganmiz va bizga hozir "oxirzamon" bo‘layotgandek tuyulyapti", — deb qayd etdi Peskov Yaqin Sharqning "sezilarli darajada beqarorlashganiga" e’tibor qaratar ekan.