Bugun 20 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Peruda muvaqqat prezident saylandi

Peruda muvaqqat prezident saylandi

Peru Kongressi (parlament) bolalar nikohini yoqlab chiqqan 83 yoshli so‘l qanot deputati Xose Mariya Balkazarni mamlakatning muvaqqat prezidenti etib sayladi. U aprel oyida o‘tkaziladigan umumiy saylovlargacha davlatni boshqaradi.

Balkazar Peruda 2016 yildan buyon saylangan to‘qqizinchi prezident bo‘ldi.

Parlament 17 fevral kuni atigi to‘rt oy ishlagan prezident Xose Xerini xitoylik tadbirkorlar bilan yashirin uchrashuvlar o‘tkazgani bilan bog‘liq mojaro ortidan lavozimidan chetlatgan edi.

Kiritildi: Bugun 13:17. O'qildi: 396 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!