Peruning markazida 20 noyabr kuni 6,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Germaniya Geologiya fanlari tadqiqot markazi ma’lumotiga tayanib, Reuters xabar berdi.
Peru Geofizika institutining ma’lum qilishicha, yer silkinishi And tog‘lari hududidagi Junin provinsiyasida yuz bergan. Zilzila o‘chog‘i 129 kilometr chuqurlikda joylashgan. Uning kuchi poytaxt Limada ham sezilgan. Shahar aholisi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.
Limadan taxminan 320 kilometr sharqda joylashgan Junin provinsiyasi mahalliy kengashi a’zosi Visente Kispening aytishicha, kuchli yer silkinishidan so‘ng rasmiylarga zarar haqida xabar kelib tushmagan.