Pentagon o‘z xodimlarining Amerikaning OpenAI kompaniyasining ChatGPTning asosiy raqobatchisi bo‘lgan Xitoyning DeepSeek chatbotiga kirishini to‘sib qo‘ydi. Bu haqda Bloomberg manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Ularga ko‘ra, Pentagonning Mudofaa axborot tizimlari agentligi 28-yanvar kuni kechqurun Xitoy startapining veb-saytiga kirishni to‘sib qo‘ygan.
Ta’kidlanishicha, bu qadam AQSh harbiy departamenti vakillarining ushbu chatbotdan xodimlar tomonidan foydalanishi haqidagi xavotirlari tufayli qabul qilingan, ularning maxfiylik siyosatida kompaniya foydalanuvchi ma’lumotlarini Xitoydagi serverlarda saqlashi va bu ma’lumotlarni Xitoy qonunchiligiga muvofiq boshqaradi. .
Pentagon vakilining aytishicha, agentlikning IT-xodimlari hali ham xodimlar DeepSeekdan qay darajada bevosita foydalanganliklarini tekshirmoqda.