Bu haqda AQSh mudofaa vaziri Pit Xegset Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytdi.
"Biz kommunistik Xitoy bilan ziddiyat izlayotganimiz yo‘q. Bu dahshatli oqibat bo‘ladi", dedi u.
AQSh mudofaa vazirligi rahbarining qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar yetarlicha kuchli bo‘lsa, mojaroning oldini olishga qodir.
Avvalroq The Washington Post gazetasi “Milliy mudofaa bo‘yicha vaqtinchalik strategik qo‘llanma” deb nomlangan hujjatga tayanib, Pentagon Xitoyni yagona doimiy tahdid deb bilishini yozgan edi.
OAV xabarlarini sharhlar ekan, Xitoy Mudofaa vazirligi matbuot kotibi katta polkovnik Chjan Syaogang AQSh Xitoyni tahdid sifatida ko‘rib, jiddiy strategik xatoga yo‘l qo‘yayotganini aytdi.