Bugun 25 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Pentagon Ispaniyaning NATOdagi a’zoligini to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqmoqda

Pentagon Ispaniyaning NATOdagi a’zoligini to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqmoqda

Reuters'ga ko‘ra, Vashington Eron bilan mojaroda AQShni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgan NATO ittifoqchilariga nisbatan jazo choralarini muhokama qilmoqda.

Ko‘rib chiqilayotgan ehtimoliy variantlardan biri — Ispaniyaning alyansdagi ishtirokini vaqtincha to‘xtatib qo‘yishdir. Bu taklif Pentagon doirasida ichki muhokamalar bosqichida ekani aytiladi.

Mazkur chora amalga oshirilgan taqdirda u AQShning joriy harbiy amaliyotlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmasligi mumkin. Biroq, bu qadam asosan siyosiy signal sifatida baholanib, NATO ichidagi pozisiyalar va ittifoqchilar o‘rtasidagi munosabatlarga kuchli ta’sir o‘tkazishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.

Xususan, Ispaniya o‘z hududidagi harbiy bazalardan foydalanishga ruxsat bermagani sabab uning a’zoligini to‘xtatish yoki nufuzli lavozimlardan chetlatish variantlari ko‘rib chiqilmoqda.

Hozircha AQSh tomonidan rasmiy qaror qabul qilinmagan, masala bo‘yicha muhokamalar davom etmoqda.

Kiritildi: Bugun 15:02. O'qildi: 367 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!