Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Pentagon Erondagi nishonlar ro‘yxatini kengaytirmoqda — Politico

Pentagon Erondagi nishonlar ro‘yxatini kengaytirmoqda — Politico

Pentagon Erondagi "ikki maqsadga ega" ob’ektlarni nishonlar ro‘yxatiga qo‘shish imkoniyatini ko‘rib chiqyapti. Bundan maqsad harbiy jinoyatlarda ayblanishdan qochish, deb xabar bermoqda nashr.

Ushbu ro‘yxatga ham aholini, ham harbiylarni yoqilg‘i va elektr energiyasi bilan ta’minlaydigan ob’ektlar kiritilishi mumkin.

Politico manbasiga ko‘ra, Pentagon ichida bunday asoslarning huquqiy jihatdan qanchalik to‘g‘ri ekani va harbiy hamda fuqarolik ob’ektlari o‘rtasidagi chegara qayerda ekani borasida bahslar ketmoqda. Masalan, suvni chuchuklashtirish qurilmalari harbiylarga ham suv kerakligi sababli nishon deb hisoblanishi mumkin.

Pentagonning ikki vakiliga ko‘ra, AQSh va Isroil harbiylari Eronga besh hafta davomida to‘xtovsiz zarbalar berganidan so‘ng, yangi nishonlarni qidirish jarayonida ushbu ro‘yxat qayta ko‘rib chiqilyapti.

Kiritildi: Bugun 18:15. O'qildi: 414 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!