23 iyul kuni Pentagon Eron bilan urushda AQSh harbiylarining qurbonlari haqidagi rasmiy ma’lumotlarini qayta ko‘rib chiqdi va qurbonlar sonini 18 tadan 14 tagacha kamaytirdi.
Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi.
Pentagon matbuot kotibi vazifasini bajaruvchi Joyel Valdez o‘zgarishlarni veb-saytdagi "vaqtinchalik ma’lumotlarni qayta ishlashdagi nosozliklar" bilan bog‘ladi. Biroq, gazeta manbalariga ko‘ra, tuzatish ichki muzokaralar natijasi bo‘lgan va to‘rt nafar harbiy xizmatchi ataylab ro‘yxatdan chiqarib tashlangan.
Bular aprel oyida rasmiy sulh e’lon qilinganidan keyin Iordaniya va Shimoliy Iroqda Eronning o‘qqa tutilishida halok bo‘lgan askarlardir.
The New York Times manbalariga ko‘ra, bu ularning rasmiy statistikadan chiqarib tashlanishiga sabab bo‘lgan. Gazeta shuningdek, sulh barbod bo‘lganidan beri Pentagon harbiy qurbonlar haqidagi ma’lumotlarni nashr etish chastotasini sezilarli darajada kamaytirganini ta’kidlaydi.