Qo‘shma Shtatlarning yangi milliy mudofaa strategiyasida Xitoyni tiyib turish va o‘z hududini himoya qilish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan.
Strategiyada qayd etilishicha, Rossiya NATO'ning sharqiy a’zolari uchun “doimiy, lekin nazorat qilinadigan tahdid” bo‘lib qoladi. Mamlakat katta harbiy va sanoat zaxiralarga ega bo‘lib, chegaralarida uzoq davom etadigan urush olib borishga tayyorligini namoyish qilmoqda.
Pentagonning ta’kidlashicha, NATO ittifoqchilari Rossiyadan sezilarli darajada kuchli. Jumladan, Germaniya iqtisodiyoti Rossiya iqtisodiyotidan ustun. Shu bois ittifoqchilar Yevropaning mudofaasini to‘liq zimmasiga oladi, AQSh esa faqat qo‘llab-quvvatlash bilan cheklanadi.
Vashington NATO'da asosiy rolini davom ettiradi, o‘z qo‘shinlarining joylashuvi va harakatlarini Rossiya tahdidini hisobga olgan holda moslashtiradi. NATO ittifoqchilari esa Ukrainani mudofaa qilishda yetakchilikni o‘z zimmasiga oladi, strategiyada bu Yevropaning javobgarligi sifatida belgilangan.
Shuningdek, Grenlandiya, Panama kanali va Arktika AQSh manfaatlari uchun asosiy strategik tugunlar sifatida ko‘rsatilgan.
Shu bilan birga, Pentagon Eron rejimi kuchayishda davom etayotganini, yana yadroviy qurolga ega bo‘lishga intilishi mumkinligini va bu AQSH, Isroil hamda mintaqaviy barqarorlik uchun tahdid solishini qayd etgan.