Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Pentagon: AQSh Turkiyani “S-400”dan voz kechishni so‘rashda davom etadi

Pentagon: AQSh Turkiyani “S-400”dan voz kechishni so‘rashda davom etadi

AQSh mudofaa vazirining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Jon Rud AQSh ma’muriyati Turkiyadan Moskvadan sotib olingan “S-400” zenit-raketa tizimlaridan voz kechish uchun bosim o‘tkazishni davom ettirishni rejalashtirayotganini tasdiqladi. Bu haqda u chorshanba kuni jurnalistlarga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deydi TASS.

"Biz Turkiya hukumatining o‘z kelajagi to‘g‘risida suveren qarorlar qabul qilish huquqini hurmat qilamiz. Shunday bo‘lsa-da, ushbu suveren qarorlar turli oqibatlarga olib keladi", dedi mudofaa vazirining o‘rinbosari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning noyabr oyida Vashingtonga tashrifi chog‘ida ushbu masala ikki davlat prezidentlari o‘rtasidagi muzokaralar kun tartibida muhim o‘rin egallagan.

Kiritildi: 22:00 05.12.2019. O'qildi: 2107 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!