Pentagon Kaliforniyaning San-Diyego shahrida joylashgan qirg‘oq zonasidagi o‘z harbiy kemalarini ta’mirlash va modernizasiya qilish bo‘yicha umumiy qiymati 2,6 milliard dollarlik shartnomalar tuzdi.
Qayd etilishicha, shartnomalar Amerikaning BAE Systems, General Dynamics, Propulsion Controls Engineering va boshqa qator kompaniyalari bilan tuzilgan.
Aniqlik kiritilishicha, shartnomalar doirasidagi ishlar 2030 yil may oyiga qadar yakunlanishi kerak.