😏 Yangi oy kirdi, pensiyam plastik kartamga qachon tushadi yoki naqd shaklda qachon olaman kabi fuqarolarda savollar tug‘ilishi tabiiy. Quyidagi maqolani diqqat bilan o‘qishni tavsiya qilamiz.
❔ Xo‘sh, pensiya mablag‘lari o‘zi fuqarolarga oyning qaysi sanasida yetkaziladi?
🫥 Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari har to‘lov oyining 2-kuniga qadar to‘lov topshiriqnoma (vedomost)lar shakllantiradi va vedomostlar oyning 4-kuniga qadar pensiyani fuqarolarga yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilotga taqdim etiladi.
📄 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 maydagi PQ-5102-sonli Qaror bilan, pensiya to‘lovlari uchun talab etiladigan mablag‘larni Pensiya jamg‘armasi har oyning 5-sanasiga qadar pensiya oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlariga (plastik kartalarga) moliyalashtirilishi belgilangan.
Xalq banki tomonidan naqd shaklda pensiya oluvchilarning mablag‘lari tasdiqlangan grafiklar asosida sayyor kassalar tomonidan har oyning 4-27 sanalarida mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY)ga borgan holda to‘lab berilishini ma’lum qilamiz.
❔ Iyul oyi uchun pensiya qachon to‘lanadi?
✅ Yuqoridagilardan kelib chiqib, Pensiya jamg‘armasi tomonidan bank plastik kartada pensiya oluvchi fuqarolarga pensiya mablag‘lari 5 iyulgacha, naqd pul shaklida oluvchi fuqarolarga esa 27 iyul sanasiga qadar to‘lab berilishi rejalashtirilgan.