Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Pelening operasiyadan keyingi ahvoli qanday?

Pelening operasiyadan keyingi ahvoli qanday?

Braziliyalik afsonaviy hujumchi, «futbol qiroli» Pelening qizi Kelli Nasimento o‘simta tufayli operasiya jarayonini boshdan kechirgan otasining holati haqida ma’lumot berdi.

Pelening operasiyadan keyingi ahvoli qanday?

«Qo‘llab-quvvatlovchi xabarlar uchun chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman. Jarrohlikdan keyin u o‘zini yaxshi his qilmoqda. Og‘riq yo‘q va kayfiyati yaxshi. 1-2 kunda reanimasiyadan chiqadi va so‘ng uyga qaytadi.

U kuchli va qaysar. U ajoyib shifokorlar jamoasi va butun dunyoning muhabbati bilan hammasini yengib chiqadi», — deydi Kelli «instagram»dagi sahifasida.

Pele so‘nggi yillarda sog‘ligi bilan bog‘liq bir qator muammolar, jumladan, o‘simta, buyrak va prostata kabi kasalliklar bilan kurashmoqda.

Kiritildi: 20:25 14.09.2021. O'qildi: 2717 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!