22–26 avgust kunlari Pekin shahrida gumanoid robotlar o‘rtasida Jahon o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda eWeek nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, musobaqada 666 ta jamoa va jami 2056 ta robot ishtirok etadi.
Dasturdan 30 ta sport yo‘nalishi, jumladan futbol va to‘p bilan bog‘liq turli o‘yinlar joy olgan. Shuningdek, robotlar 21 ta amaliy yo‘nalishda ham bellashadi. Ular orasida sanoat mahsulotlarini yig‘ish va maishiy xizmat ko‘rsatish kabi vazifalar bor.
Ishtirokchilar uchun mashg‘ulot o‘tkazish va robotlarni quvvatlantirishga mo‘ljallangan maxsus "robotlar uylari" ham tashkil etilgan.
Gumanoid robotlar o‘rtasidagi ilk bunday o‘yinlar Pekinda 2025 yil avgust oyida o‘tkazilgan edi.