Xitoyliklar ijtimoiy tarmoqlarda Pekin Tayvanga nisbatan Trampning usullaridan foydalanishi kerak, degan fikrni bildirmoqda, deya yozmoqda Bloomberg.
Qo‘shma Shtatlarning Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qo‘lga olish bo‘yicha operasiyasi Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida faol muhokama qilinmoqda, deb yozmoqda nashr.
"Agar AQSh xalqaro huquqni jiddiy qabul qilmasa, nega bu bizni tashvishga solishi kerak?", "Kelajakda Tayvanni qaytarish uchun xuddi shu usulni qo‘llashni taklif qilaman", deb yozadi Weibo xitoy ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari. Boshqa foydalanuvchilar xuddi shunday tarzda Tayvan prezidenti Lay Ching-Teni ham o‘g‘irlashni taklif qilmoqda.
Tahlilchilarning fikricha, AQSh tomonidan Venesuelaga qarshi o‘tkazilgan operasiya Xitoyni Tayvan masalasida yanada qat’iyroq harakatlarga undashi mumkin.
Shuni ta’kidlash joizki, Xitoy o‘zining Tayvanga nisbatan amalga oshiradigan harakatlarini “xalqaro huquqni buzish” deb hisoblamaydi, chunki Pekin orolni xalqaro miqyosda tan olingan o‘z hududining bir qismi sifatida qabul qiladi.
Tayvanni Xitoydan alohida, mustaqil davlat sifatida atigi 12 ta kichik davlat tan olgan. AQSH, Rossiya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Tayvan mustaqilligini tan olmagan.