Xitoy Milliy qo‘mitasi raisi Van Xunin Pekinning Tayvan bilan munosabatlarni tinch yo‘l bilan rivojlantirish istagi borligini bildirdi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar berdi.
Van Xuninning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy “1992 yilgi kelishuv” asosida milliy birlashishga intiladi. U ikki tomon aholisini hamjihatlikni kuchaytirishga, separatizm va tashqi aralashuvlarga qarshi turishga chaqirdi.
Rasmiylarga ko‘ra, Xitoy va Tayvan rahbarlari o‘rtasidagi avvalgi uchrashuvlar kelajakdagi muloqot yo‘nalishini belgilab bergan va yaqinlashuv uchun asos yaratgan.
Van Xunin shuningdek, dunyoda faqat bitta Xitoy davlati mavjudligini ta’kidladi va Tayvan masalasi Xitoyning ichki siyosati ekanini qayd etdi.