Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Pekin Olimpiadasining esdalik sovg‘alari tugab qoldi

A A A
Pekin Olimpiadasining esdalik sovg‘alari tugab qoldi

Do‘konlarda Pekin Olimpiadasi ramzlari tushirilgan suvenirlar tugab qoldi, deya xabar bermoqda Kazinform xitoylik manbaga tayanib.

«Shu munosabat bilan 8 fevral kuni Sharqiy Xitoyning Szyansu provinsiyasining Sidon shahridagi lisenziyaga ega zavod ishchilari Bing Dwen Dwen mahsulotlari ishlab chiqarishni tezlashtirdi», — deyiladi xabarda.

2022 yilda Pekinda bo‘lib o‘tayotgan qishki Olimpiada o‘yinlarining tumoriga aylangan Bing Dwen Dwen millionlab muxlislar qalbidan joy oldi.

Albatta, Pekin Olimpiadasiga boradigan har bir fuqaro Olimpiada logotipi tushirilgan esdalik sovg‘asini sotib oladi.

Bugun mahalliy aholi esdalik sovg‘alarini ham xarid qilmoqda. Shuning uchun ham do‘konlar oldida uzun navbatlar yuzaga kelgan.

Pekindagi Qishki Olimpiada tashkilotchilari seshanba kuni Bing Dwen Dwen qo‘g‘irchog‘ining Xitoy Yangi yiliga bag‘ishlangan maxsus versiyasi yaqinda sotuvga chiqishini va lisenziyalangan tovarlar savdosi kamida iyun oyi oxirigacha davom etishini aytishdi.

Kiritildi: 21:58 09.02.2022. O'qildi: 3879 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik