Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Pekin AQShni jiddiy ogohlantirdi

Pekin AQShni jiddiy ogohlantirdi

Vashingtonning Pekin ishiga aralashishi tufayli AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi qayta boshlanishi mumkin. Xitoy hukumati bu haqda amerikalik hamkasblarini ogohlantirdi, deb yozadi The Wall Street Journal.

Xitoy rasmiylari AQShning Gonkong va Tayvondagi aralashuvini nomaqbul deb hisoblamoqda. Pekin savdo bitimining birinchi bosqichida o‘z majburiyatlarini bajarish niyatida ekanligini aytdi, ammo AQSh mahsulotlarini sotib olish hajmini oshirish rejalari, agar AQShning Xitoy ishlariga aralashuvi to‘xtamasa, xavf ostida qoladi.

Vashington va Pekin dunyoda ikki yirik iqtisodiyotning savdo urushini tugatib, 2020 yil yanvar oyida savdo sulhini imzoladilar. Shartnomaning birinchi yilida Xitoy Amerika mahsulotlarini sotib olishni 76,7 milliard dollarga, ikkinchi yilda esa 123,3 milliard dollarga oshirishga rozi bo‘ldi. Amerika tomoni kelishuv savdo kamomadini kamaytiradi deb umid qilmoqda.

Kiritildi: 15:58 27.06.2020. O'qildi: 5160 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!