2017-yil 15-iyul kuni Chilonzor tumanida 36 yoshli G‘ayrat B. qarindoshi bo‘lgan 48 yoshli Zumrad B.ga uning farzandini Toshkent davlat pedagogika universitetiga to‘lov-kontrakti asosida o‘qishga kirishida yordam berishini va’da qilgan.
O‘z “xizmati” uchun 3.200 AQSh dollari olib, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan. Ushbu fakt asosida Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksnining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.