Oilaviy kelishmovchilik tufayli boshqa xonadonda saqlanayotgan 59 turdagi mol-mulk Majburiy ijro byurosi aralashuvi bilan egasiga topshirildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Payariq tumanlararo sudining 2026 yil 24 iyundagi qaroriga asosan, javobgar SH.X.ning yashash manzilida saqlanayotgan da’vogar B.X.ga tegishli mol-mulklarni qonuniy egasiga natura shaklida qaytarish belgilangan.
Sud hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida Majburiy ijro byurosi Payariq tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan zarur ijro harakatlari amalga oshirildi.
Natijada sud qarori to‘liq ijro qilinib, 59 turdagi jami 93 dona mol-mulk aniqlanib, B.X.ga qonuniy egasiga topshirildi.
Shu tariqa fuqaroning mulkiy huquqlari tiklanib, sud hujjatining amalda ijro etilishi ta’minlandi.