Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Paxta rejasini bajargan fermerga “Cobalt” sovg‘a qilindi

Paxta rejasini bajargan fermerga “Cobalt” sovg‘a qilindi

Oltinsoy tumani “Paxtakor” hududidagi “Botosh lochini” fermer xo‘jaligi 44,8 gektar paxta maydonidan 187,4 tonna hosil olib, joriy yil 3 sentyabr kuni shartnomaviy rejani 100 foizga bajardi. O‘rtacha hosildolik 44 sentnerni tashkil etgan bo‘lib, hozirda 1-terim ishlari davom etmoqda.

Bugun shartnomaviy rejani birinchilardan bo‘lib bajargan fermer xo‘jaligi rahbariga "Denov tekstil klaster" MCHJ tomonidan “Cobalt” avtomobili topshirildi. Avtomashina kaliti hamda 10 kunda 1,5 tonnalab paxta tergan ilg‘or terimchilar, qator fermer xo‘jaliklar rahbarlari, mexanizatorlar, suvchi va ishchilarga maishiy texnikalar, sovg‘alarni viloyat hokimi tantanali ravishda topshirildi.

Shundan so‘ng viloyat rahbari, tumandagi “Feruz”, “Shirin EJYU” fermer xo‘jaliklari dalalarida paxta terimi jarayonlari hamda g‘alladan bo‘shagan maydonlarga ekilgan takroriy ekinlar parvarishi bilan tanishdi.

Kiritildi: 23:49 05.09.2023. O'qildi: 7526 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!