Telegram asoschisi Toshkentda boshlangan 2026 yilgi Xalqaro informatika olimpiadasining 235 nafar g‘olibiga umumiy qiymati kamida $117 ming bo‘lgan eksklyuziv raqamli kolleksiyalar — "Algorithm Cups"ni taqdim etadi.
Durovning aytishicha, olimpiadaning O‘zbekistonda, "algoritm" so‘ziga asos bo‘lgan Muhammad al-Xorazmiy vatanida o‘tkazilayotgani ramziy ahamiyatga ega.
"Eng yaxshi algoritm g‘alaba qozonsin!" — deb yozdi u.
*Rossiyada ekstremistlar va terroristlar ro‘yxatiga kiritilgan.