Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Pavel Durov Fransiyada yana so‘roq qilindi

Pavel Durov Fransiyada yana so‘roq qilindi

Telegram asoschisi Pavel Durov yana Parijga so‘roq uchun chaqirildi. Bu haqda Le Figaro gazetasi xabar bermoqda.

Manbalarga ko‘ra, Durovning yangi so‘rog‘i olti soatdan ortiq davom etgan va 2024 yilda unga ayblov e’lon qilinganidan buyon to‘rtinchisi bo‘lgan.

Fransiya hukumati Telegram kontentni yetarlicha nazorat qilmayapti va huquq-tartibot idoralari bilan to‘liq hamkorlik qilmayapti, deb hisoblaydi.

“Pavel Durovga rasmiy ayblov e’lon qilinganiga qariyb ikki yil bo‘lgan bo‘lsa-da, bu ayblovlarni tasdiqlaydigan dalillar hali ham yo‘q”, — deya bayonot berdi Telegram asoschisining uch nafar advokati so‘roqdan so‘ng AFP agentligiga.

Shuningdek, himoya tomoni Fransiya va Yevropa sud instansiyalariga shikoyat arizalarini topshirishini ma’lum qildi.

Kiritildi: 15:45 10.07.2026. O'qildi: 1319 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!