Bugun 10 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Patriot ishlab chiqaruvchilari Kiyevdan xavotirda

Patriot ishlab chiqaruvchilari Kiyevdan xavotirda

Patriot ishlab chiqaruvchilari Kiyev ularning raketalarini takomillashtirib, o‘q-dorilarni tezroq va kamroq xarajat bilan chiqarishni boshlashidan xavotirda, deb yozmoqda The Atlantic

​Patriot zenit-raketa komplekslarining Amerikadagi ishlab chiqaruvchilari Raytheon va Lockheed Martin kompaniyalari Ukraina lisenziya olgan taqdirda raketa-tutuvchilarni takomillashtirish yo‘lini topib, so‘ng ularni "AQShdagi ishlab chiqarish tarmoqlari"ga qaraganda ancha katta hajmda, tezroq va arzonroq chiqarishni boshlashidan xavotirlanmoqda.

​Shu bilan birga, AQSh mudofaa kompaniyalari "o‘z xavotirlarini intellektual mulkning o‘g‘irlanishi va texnologiyalarning o‘tib ketishi bilan rasman asoslashmoqda", deya nashr Kiyevga lisenziya berishni qo‘llab-quvvatlayotgan AQSh Kongressidagi respublikachilardan birining so‘zlaridan iqtibos keltiradi.

​Ukraina prezidenti Vashingtonga Patriot uchun lisenziya so‘rab hali urushning birinchi yilida, prezident Jo Bayden davridayoq murojaat qilgan edi, ammo o‘shanda Kiyevga hech qanday sabablarsiz rad javobi berilgan, deb xabar beradi The Atlantic.

​"Hozir biz prezident Tramp bilan ushbu lisenziyalarni berishi bo‘yicha kelishib oldik, ammo tasavvur qiling, agar ularni to‘rt yil oldin olganimizda natijalar butunlay o‘zgacha bo‘lar edi. Hozir esa qog‘ozbozlik bilan ovora bo‘lib turibmiz. Bizga qarab esa qog‘oz parchasi yoki qog‘oz raketa emas, odamlarni o‘ldiradigan haqiqiy raketa uchib kelmoqda", — deya ta’kidladi Ukraina yetakchisi.

​Biroq hozircha AQSh prezidenti Donald Tramp Kiyevga Patriot tizimlari uchun raketa-tutuvchilarni ishlab chiqarishga lisenziya berishga uzil-kesil tayyorligini tasdiqlagani yo‘q. 6 mart kuni Tramp ushbu raketalar AQShning "o‘ziga kerakligini" ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: Bugun 12:03. O'qildi: 777 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!