Bugun 27 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Pashinyan turmush o‘rtog‘idan Telegram'da kechirim so‘radi

Pashinyan turmush o‘rtog‘idan Telegram'da kechirim so‘radi

Armaniston bosh vaziri turmush o‘rtog‘i bilan ajrashganidan so‘ng Telegram-kanalida undan kechirim so‘radi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yil dekabrida Pashinyan Anna Akopyan bilan 27 yildan beri yashayotganini, lekin rasmiy nikohda bo‘lmaganini e’lon qilgan.

"Annaning qaroriga hurmat bilan qarayman. So‘nggi 30 yil davomida u barcha og‘ir damlarda yonimda bo‘ldi, menga boshpana va tayanch bo‘ldi. Men unga munosib bo‘ldim deya olmayman. Aksincha, men uni yanada ko‘proq qayg‘uga solgandirman, buning uchun uzr so‘rayman", — deb yozdi Nikol Pashinyan.

Ikki kun avval 48 yoshli jurnalist Anna Akopyan Facebook'da hukumat qarorgohini tark etayotgani haqida yozgandi. Armaniston bosh vazirining sobiq xotini o‘ziga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilishini ham istisno qilmadi. Akopyan bosh vazir bilan munosabatlarini tugataganini 17 fevral kuni ma’lum qilgan edi.

Anna Akopyan "Aykakan jamanak" gazetasining bosh muharriri hisoblanadi. Biroq u 2018 yilda birinchi xonim maqomi tufayli faoliyati bilan to‘liq shug‘ullana olmasligini, shuningdek, hukumat harakatlarini erkin sharhlay olmasligini aytgan edi.

Kiritildi: Bugun 17:00. O'qildi: 525 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!