Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Pashinyan: Rim statuti ratifikasiya qilinadi

A A A
Pashinyan: Rim statuti ratifikasiya qilinadi

Rim statuti ratifikasiya qilinadi. Bu haqda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat Rim statutini parlamentga yuborgan va u muhokamalardan so‘ng ratifikasiya qilinadi.

“Buning Armaniston-Rossiya munosabatlariga aloqasi yo‘q, bu faqat Armanistonning xavfsizlik muammosi bilan bog‘liq”, — deya qo‘shimcha qildi Pashinyan.

2022 yil oxirida Vazirlar Mahkamasi Xalqaro jinoiy sudning Rim statutini ratifikasiya qilish jarayonini boshladi. 2023 yil mart oyida Armaniston Konstitusiyaviy sudi Rim statuti mamlakatning asosiy qonuniga muvofiqligini tan oldi.

Avvalroq, agar hujjat ratifikasiya qilinsa, Rossiya rahbariyati Armanistonga kirishi bilan hibsga olinishi haqida ma’lumot tarqalgan edi.

Kiritildi: 20:59 13.09.2023. O'qildi: 1941 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik