Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Parkentda "Qizilsoy"da cho‘milgan ayolning kiyimlarini yechib, do‘pposlashdi

Parkentda "Qizilsoy"da cho‘milgan ayolning kiyimlarini yechib, do‘pposlashdi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Qizilsoyda cho‘milgan ayol samosud qilindi» sarlavhasi bilan video tarqaldi.

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qilishicha, mazkur holat Parkent tumani IIB Navbatchilik qismida 2021 yil 20 iyul kuni ro‘yxatga olingan.

Unga ko‘ra, Parkent tumani, Nevich mahallasida yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro M.M.(ayol) mahalla hududidan oqib o‘tuvchi «Qizilsoy» soyida cho‘milayotgan 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro D.G.(ayol)ni yoniga borib, bu suvdan iste’mol qilishlarini aytgan va u bilan janjallashib, D.G.ning egnida bo‘lgan kiyimlarini zo‘rlik bilan yechib tashlagan. Uni urib-tepib tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Parkent tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 1-qismi va 140-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jarayonda albatta qonun ustuvorligi va qilmishga yarasha jazoning muqarrarligi ta’minlanib, batafsil ma’lumot beriladi.

Kiritildi: 10:18 26.07.2021. O'qildi: 15906 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!