Bugun 30 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Parijdagi kurdlar namoyishga chiqishdi

A A A
Parijdagi kurdlar namoyishga chiqishdi

Parij markazida 69 yoshli erkak o‘tkinchilarga qarata o‘q uzib uch kurd faolini o‘ldirishi oqibatida minglab kurdlar namoyishga chiqdi.

Reuters agentligining xabar berishicha, otishma natijasida 2 kishi halok bo‘lgan, yana 6 kishi jarohatlangan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, erkak 7-8 marta o‘q uzgan. Namoyishchilarning ishonchi komilki, voqea kurd jamiyatiga qarshi teraktdan boshqa narsa emas, uning ortida Turkiya turibdi. Ular adolatli tergov o‘tkazilishini talab qilmoqdalar. Namoyishchilar va huquq-tartibot idoralari xodimlari o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘lmoqda.

Kiritildi: 21:09 24.12.2022. O'qildi: 2841 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik