Parijda parlament saylovlarining birinchi natijalari e’lon qilinganidan keyin boshlangan namoyishda “black bloc” harakati radikallari kafe oynalarini sindirib, axlat qutilariga o‘t qo‘ydi.
Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.
Namoyishchilar avvaliga mash’alalarni yoqib, pirotexnika otishgan, shundan so‘ng olomon yaqin atrofdagi kafelarning oynalarini sindirib, axlat qutilarini yoqib yuborishgan.
Hozircha polisiya bilan to‘qnashuvlar bo‘lmagan.