Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Paragvayda polisiyadan 42 ta vintovka o‘g‘irlab ketildi

A A A
Paragvayda polisiyadan 42 ta vintovka o‘g‘irlab ketildi

Paragvay polisiyasi noma’lum kishilar Kapiata shahrida qurol omborini talagani va 42 ta FN FAL avtomatik vintovkasini olib ketganini ma’lum qildi. O‘g‘rilikni yashirish uchun jinoyatchilar ularni yog‘och va plastikdan yasalgan o‘yinchoq qurollar bilan almashtirib qo‘ygan. Bu haqda TJournal xabar berdi.Avtomatlar omborga topshirilgan edi, chunki ular zamonaviy qurollar bilan almashtirilgan. Biroq 2017 yilda Paragvay mutassaddilari bir nechta FN FAL qora bozorda paydo bo‘lganini payqagan. Polisiya surishtiruvni boshlagan va tekshirishlar jarayonida qurollarning soxtalari bilan almashtirib qo‘yilganini aniqlagan.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 04:48 28.08.2018. O'qildi: 1842 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik