Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Paragvay prezidenti iste’foga chiqdi

A A A
Paragvay prezidenti iste’foga chiqdi

Paragvay prezidenti Orasio Kartes zudlik bilan iste’foga chiqishga qaror qildi. Bu haqda «Associated Press» ma’lumotlariga asoslanib, «Gazeta.ru» xabar qilmoqda.

Paragvay prezidentining vakolat muddati 2018 yil avgust oyida tugashi kerak edi. Lekin u senatdagi o‘rnini saqlab qolish maqsadida zudlik bilan iste’foga chiqdi.

Davlat rahbarligi vazifasini vaqtincha bajarish vakolati Alisiya Pucheta topshirildi.

Paragvay konstitusiyasiga ko‘ra, mamlakatga prezident bo‘lgan shaxsga umrbod senatdagi o‘rnini ovoz huquqisiz egallash kafolati berilgan.

Parlamentlarga saylovlarda Orasio Kartes senatdan to‘liq o‘rin olgan va prezidentlik lavozimini zudlik bilan to‘xtatishga qaror qilgan.

manba: xabar.uz

Kiritildi: 12:51 29.05.2018. O'qildi: 1266 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik