Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Panjobda qo‘l bola alkogol qurbonlari soni 100 dan oshdi

Panjobda qo‘l bola alkogol qurbonlari soni 100 dan oshdi

Hindistonning Panjob shtatida qalbaki spirtli ichimliklarni iste’mol qilish oqibatida halok bo‘lganlar soni ko‘paymoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 104 kishi qalbaki spirtli ichimliklar qurboniga aylangan. Mahalliy hokimiyat idoralari o‘limlar ko‘rsatkichi ko‘proq bo‘lishi mumkinligini istisno qilmayapti.

“The Times of India” gazetasi xabariga ko‘ra, polisiya allaqachon qalbaki spirtli ichimliklar va sotishda gumon qilingan 25 kishini hibsga olgan.

Dastlabki beshta o‘lim bir hafta oldin Tarn Taran okrugidagi ikkita qishloqda qayd etilgan. Keyinroq  boshqa aholi punktlaridan ham o‘limlar haqida xabarlar kela boshlagan.

Qalbaki spirtli ichimlikning dastlabki tekshiruvi unda bo‘yoq ishlarida foydalaniladigan zaharli denaturasiyalangan spirt mavjudligini ko‘rsatgan.

Kiritildi: 21:00 04.08.2020. O'qildi: 3050 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!