Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Pandemiya sharoitida qaysi kasb vakillarining oyligi oshdi?

Pandemiya sharoitida qaysi kasb vakillarining oyligi oshdi?

Koronavirus pandemiyasi sharoitida Rossiyada bir qator mutaxassislarning maoshi sezilarli ravishda oshgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ma’lum kasb vakillari ko‘proq pul topa boshlagan, ba’zi bir professionallar esa o‘z daromadini bir necha barobarga oshirishga muvaffaq bo‘lgan.

Xususan, qadoqlovchilarga ish beruvchilar fevral oyiga qaraganda ikki barobar ko‘p pul to‘lashga tayyor. Oshpazlarning maoshi 90 foizga, turli ishchilarniki esa 60 foizga oshgan. Pardozlovchi usta, qadoqlovchi, qismlarga ajratuvchi hamda yuk tashuvchilarning oylik daromadi ham sezilarli ravishda ko‘tarilgan. Ushbu sohalarda ishlovchilarning nafaqat o‘rtacha ish haqi, balki bo‘sh ish o‘rinlari soni ham oshmoqda. Joriy yilning aprel oyida qadoqlovchilar xizmatiga bo‘lgan talab 17 barobar oshgan.

Eng qizig‘i, tibbiyot xodimlarining ish haqi ko‘tarilmadi. Hatto bir qator mutaxassisliklar bo‘yicha pasayib ham ketdi. Biroq funksional diagnostika shifokorlari, oftalmologlar va anesteziolog-reanimatologlar maosh stavkalari oshirilgan.

Kiritildi: 07:27 25.05.2020. O'qildi: 3793 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!