Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Pandemiya davrida 1 milliondan ortiq chet ellik ishchi Buyuk Britaniyani tark etdi

Pandemiya davrida 1 milliondan ortiq chet ellik ishchi Buyuk Britaniyani tark etdi

Pandemiya boshidan buyon bir milliondan ortiq xorijlik ishchi Buyuk Britaniyani tark etdi. Bu haqda London Qirollik kollejining iqtisodiyot professori Jonatan Portesga tayanib, «Kommersant.ru» xabar berdi.

Bu Ikkinchi jahon urushidan buyon chet ellik ishchilarning mamlakatni tark etishi bo‘yicha qayd etilgan eng baland ko‘rsatkich.

«Bizning risk shundaki, odamlar qaytib kelmasligi xavfi hamda ishchi kuchi va malakali kadrlar yetishmasligiga duch kelishimiz mumkin, natijada biz ishlab chiqarishning bir qismini, o‘sish va doimiy soliq tushumlarini yo‘qotamiz, — dedi professor Portes. — Ayniqsa Londonda migrasiyaning iqtisodiy o‘sishga yordam berishini inobatga olsak, bu noxush xabar bo‘lishi mumkin».

Buyuk Britaniya Milliy statistika boshqarmasi (ONS) ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning to‘rtinchi choragida Buyuk Britaniyaning chet ellik ishchilari soni o‘tgan yilning oldingi davrlariga nisbatan 795 mingga kam bo‘lgan. Portesning fikriga ko‘ra, ONS chet elliklarning mamlakatdan chiqib ketishini yetarlicha baholamayapti.

Avvalroq Buyuk Britaniyada COVID-19 sabab e’lon qilingan asosiy cheklovlar iyun oyi oxirida bekor qilinishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Kiritildi: 14:32 27.02.2021. O'qildi: 1375 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!