Florida gubernatori Ron Desantis Palm-Bich aeroportiga Donald Tramp nomini berish to‘g‘risida farmon imzoladi, deb xabar bermoqda NBC News.
Nashrning yozishicha, shtat parlamentining yuqori va quyi palatalari ushbu tashabbusni avvalroq ma’qullagan edi. Nom berish to‘g‘risidagi qaror Federal aviasiya ma’muriyati (FAA) tomonidan tasdiqlangach, 1 iyuldan kuchga kiradi.
FAA vakillarining ta’kidlashicha, aeroportlarga nom berish shtat hukumati vakolatiga kiradi. Endilikda ma’muriyat yangi nomni aviasiya xaritalari va ma’lumotlar bazasiga kiritishi kerak.
Shuningdek, "The Trump Organization" kompaniyasi Palm-Bich aeroporti nomi o‘zgarishi fonida aviasayohatlarga oid tovar va xizmatlar uchun tegishli savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishga ariza topshirdi.