Bugun 30 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Ozmoqchi bo‘lganlar uchun mazali nonushta

A A A
Ozmoqchi bo‘lganlar uchun  mazali nonushta

 

Vazn tashlamoqchi bo‘lgan kishilar rasioniga e’tibor berishi lozim. Kruassan, shirin qahva singari uglevodga boy mahsulotlardan tiyilish, oqsil, murakkab uglevodlar hamda kletchatkaga bor yeguliklarni esa iste’mol qilishga odatlanishi kerak. Asosiysi, nonushtadan o‘rin olgan mahsulotlar umumlashmasi 500 kkaldan ko‘p bo‘lmasligi kerak.

 

Suli yormasi organizmni murakkab uglevodlar, meva kletchatka, yong‘oqlar esa o‘simlik oqsili bilan ta’minlaydi. To‘yimli nonushta tayyorlash uchun 2 osh qoshiq suli yormasini suv yoki sut bilan qaynatib oling. 50 gr barra yoki muzlatilgan mevalar yoki bodom qo‘shing.

 

Etarlicha kaloriyaga ega ekani sabab yaxshi hazm bo‘lishi uchun omletga sabzavotlar qo‘shish tavsiya qilinadi. Pomidor, shirin bulg‘ori qalampiri, ismaloq va ko‘katlardan bu borada yaxshisi yo‘q. Vazni ortishini istamaydiganlarga esa pishloq qo‘shmaslik tavsiya qilinadi.

 

150 gr tvorogga istalgan meva qo‘shib tayyorlangan nonushta tongni boshlash uchun eng yaxshi variant hisoblandi. Tez tayyor bo‘lishidan tashqari, oqsil, vitamin va minerallarga boy ekani bilan ham kun davomida energiyaga to‘la bo‘lishingizga hissa qo‘shadi.

 

 

 

 

Kiritildi: 11:32 21.02.2021. O'qildi: 2814 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik