Bugun 6 iyul, 2024 yil, shanba

КИР

Oziq-ovqatni sovitkichda saqlaymiz, dorini-chi, uni qayerda saqlash lozim?

Oziq-ovqatni sovitkichda saqlaymiz, dorini-chi, uni qayerda saqlash lozim?

Ahamiyat bergan bo‘lsangiz, har bir preparat yo‘riqnomasida uni saqlash qoidasi ko‘rsatilgan bo‘ladi.

🔸Tabletka va kapsula ko‘rinishidagi preparatlar uchun namlik darajasi g‘oyat muhim. Ularni salqin va quruq joyga qo‘ying.

🔸Aerozol yoki sprey shaklidagi dorilar uchun yorug‘lik nuri va xona harorati yuqori bo‘lmasligiga e’tibor qarating.

🔸Tindirma yoki tomchi dorilar qo‘ng‘ir (himoyalangan) tusli idishlarda ishlab chiqilsa-da, ular ham quyoshni “xushlashmaydi”.

Sovitkichga qo‘yamizmi?

🔹Agar preparat yo‘riqnomasida “salqin va yorug‘lik nuridan himoyalangan joyda saqlang” deyilgan bo‘lsa, unda sovitkichga joylash mumkin.

🔹“5° dan oshmagan holda saqlansin” deya ko‘rsatma berilgan bo‘lsa, dorilarni sovitkichga qo‘ysa bo‘ladi.

🔹Surtma va moyli dorilar, shamchalar hamda suyuq ko‘rinishdagi preparatlar uchun sovitkich eshigidagi qavatlar munosib tanlov.

©️Muattar Xo‘jayeva – Farmasevtika fanlari nomzodi, dosent

Kiritildi: 14:39 29.06.2024. O'qildi: 814 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!