Ozarboyjonning davlat neft-gaz kompaniyasi SOCAR Rossiyaning "Gazprom" kompaniyasidan gaz xarid qilishni qayta yo‘lga qo‘yish niyatida. Bu haqda SOCAR vise-prezidenti Elshad Nasirov Rossiya energetika haftaligi doirasida ma’lum qildi.
Nasirovning ta’kidlashicha, SOCAR avval "Gazprom"dan gaz sotib olgan, keyin unga gaz yetkazib bergan, endi esa yana Rossiya gazini xarid qilishni rejalashtirmoqda.
"Biz faxr bilan aytishimiz mumkinki, "Gazprom" kabi gigant bilan hamkorligimiz juda to‘g‘ri misol, chunki, ehtimol, SOCAR dunyodagi yagona kompaniya bo‘lib, avval "Gazprom"dan gaz sotib olgan, keyin "Gazprom"ga gaz yetkazib bergan, endi esa yana gaz sotib olmoqchimiz," - dedi Nosirov.
25 sentyabr kuni "Gazprom" guruhi 2026 yilning birinchi yarmida yaqin xorij mamlakatlariga Rossiya gazini quvur orqali yetkazib berishni 2025 yilning shu davriga nisbatan 29 foizga oshirgani ma’lum bo‘ldi.