Bu qaror YEI Alisher Usmonovni sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarganidan bir kun o‘tib qabul qilingan
Reuters agentligining xabar berishicha, Ozarboyjon josuslikda ayblanib sudlangan Fransiya fuqarosi Martin Rayanni avf qildi. Rayan Bokuda 10 yillik qamoq jazosini o‘tayotgan edi. Unga nisbatan hukm shu yilning mart oyida chiqarilgandi.
Uch nafar yevropalik diplomatning agentlikka ma’lum qilishicha, Parij Bokuni Usmonov bilan bog‘liq vaziyatdan Fransiyaga bosim o‘tkazish uchun foydalanishda ayblagan. Diplomatlar bu holatni Ozarboyjonda Fransiya fuqarolarining ushlangani bilan bog‘lagan. Boku esa bu da’voni rad etgan.
22 sentyabr kuni rossiyalik oligarxlar Alisher Usmonov va Mixail Fridman Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarilgandi.