Prezident Ilhom Aliyev "Sabah" futbol klubiga moliyaviy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida Farmon imzoladi.
Farmonga muvofiq, UYEFA Chempionlar Ligasining liga (umumiy) bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgani munosabati bilan Ozarbayjon Respublikasining 2026 yilgi davlat byudjetida ko‘zda tutilgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining zaxira jamg‘armasidan "Sabah" futbol klubiga 5 million manat ajratildi. Hozigi vaqtga kelib 5 million Ozarbajon manati tahminan 2,9 million AQSh dollariga teng.
Eslatib o‘tamiz, "Sabah" tarixida ilk bor ECHLning guruh bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi. Kecha Ozarbayjon jamoasi guruhdagi o‘z raqiblarini bilib olgandi.