Bugun 10 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Ozarbayjon Kalashnikov avtomatlaridan NATO andozasidagi AR-15 platformasiga o‘tmoqda

Ozarbayjon Kalashnikov avtomatlaridan NATO andozasidagi AR-15 platformasiga o‘tmoqda

Ozarbayjon o‘qotar qurollar ishlab chiqarishni rivojlantirishning strategik muhim bosqichiga kirdi. Isroilning "Ari Arms" kompaniyasi Mudofaa sanoati vazirligi bilan qo‘shma korxona doirasida AR-15 - OR-4 rusumli qurol platformasida avtomatik miltiqlarni mahalliy ishlab chiqarishni boshladi.

Armiya.az kompaniyaning "LinkedIn" sahifasida e’lon qilingan ma’lumotlarga tayanib xabar berishicha, bu Ozarbayjonda G‘arb standartlariga javob beradigan o‘qotar qurollar ishlab chiqarishning birinchi namunasidir.

Mahalliy ishlab chiqarilgan birinchi avtomat ADEX xalqaro mudofaa ko‘rgazmasi doirasida Prezident Ilhom Aliyev va Birinchi vise-prezident Mehribon Aliyevaga taqdim etildi.

Isroilning "Globes" iqtisodiy nashri xabariga ko‘ra, mudofaa sanoati vaziri Vugar Mustafoyev davlat rahbari va mudofaa vaziri Zokir Hasanovga korxonada ishlab chiqarilgan M4 rusumli avtomatning birinchi prototipini namoyish etib, loyiha tafsilotlari va ishlab chiqarish jarayoni haqida ma’lumot berdi.

Yangi qurollar orasida AR-15 platformasi asosidagi OR-4 rusumli miltiq ham bor.

Dastlabki shartnoma o‘n minglab qurol ishlab chiqarishni nazarda tutadi va uning qiymati o‘n millionlab dollarni tashkil etadi. Isroil kompaniyasi mahalliy korxonada G‘arb ishlab chiqarish standartlarini joriy etish uchun loyihani texnologiya va nou-xau bilan ta’minlaydi.

Kiritildi: 20:53 09.10.2026. O'qildi: 692 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!