Ozarbayjon ikki mamlakat prezidentlari — Ilhom Aliyev va Mas’ud Pezeshkiyon o‘rtasidagi telefon muloqotidan so‘ng Eronga insonparvarlik yordamining yangi partiyasini jo‘natgan. Umumiy vazni 200 tonnani tashkil etgan ushbu yuk tarkibiga 190 tonna oziq-ovqat mahsulotlari, 7 tonna birinchi tibbiy yordam uchun dori-darmonlar va 3 tonna tibbiy buyumlar kiritilgan.
Yordam yuki 10 ta yuk mashinasida yetkazib berilgan. Qayd etilishicha, bu Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashganidan buyon Ozarbayjon tomonidan Eronga yuborilgan uchinchi insonparvarlik yordami partiyasidir.