«NASA» kosmik agentligi Oyda raketa zavodi qurmoqchi. «Xabar.uz»da aytilishicha, 2019 yili agentlik Oydagi birinchi zavodni qurish uchun yuk va materiallarni tashishni boshlaydi.
Erdan tashqarida quriladigan ilk zavodda boshqa sayyoralarga sayohatlarda asqotadigan raketa yonilg‘isini ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Yonilg‘i uchun kerak bo‘ladigan xom ashyo — vodorod va geliy Oyning sirtidan olinadi.
Bir so‘z bilan aytganda, Oydagi baza Quyosh tizimi bo‘ylab sayohatlarda yonilg‘i quyish shoxobchasi vazifasini o‘taydi.