Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Otib o‘ldirilgan 16 yashar yigitning otasi hibsga olindi

Otib o‘ldirilgan 16 yashar yigitning otasi hibsga olindi

Tataristonning Kukmor shahridagi polisiya bo‘limiga hujum qilgan 16 yoshli o‘spirinning o‘gay otasi hibsga olingan. Bu haqda "Interfaks" xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, erkak jinoyat sodir etishda gumon qilinib, hibsga olingan.

Eslatib o‘tamiz, 16 yashar yigit 30 oktyabrga o‘tar kechasi Molotov kokteyli bilan Ichki ishlar vazirligining bo‘limiga kelib, kokteylni bino ichiga tashlagan. Polisiya xodimlari uni hibsga olishga harakat qilishgan. O‘smir ularga xiyonat qilishganini aytib, "Allohu Akbar!" deb baqirgan va pichoqni silkitgan.

O‘z navbatida u vaqtincha saqlash markazining boshlig‘iga hujum qilib, uni og‘ir yaralagan. Polisiya esa yigitni otib tashlagan. Hujum qilgan shaxs 2004 yilda tug‘ilgan mahalliy Vitaliy A. bo‘lib chiqdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u terrorchi bo‘lgan.

Kiritildi: 17:23 31.10.2020. O'qildi: 2721 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!