Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Otasi bir yil oldin vafot etgan go‘dak dunyoga keldi

A A A
Otasi bir yil oldin vafot etgan go‘dak dunyoga keldi

 

AQShning Ogayo shtatida otasi bir yil oldin vafot etgan go‘dak dunyoga keldi, deya xabar berdi Daily Mail.

Ta’kidlashlaricha, yangi tug‘ilgan chaqaloqning onasi Juli Uilson 2007 yilda bo‘lg‘usi turmush o‘rtog‘i Trevis bilan tanishgan. Ayolning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli er-xotin farzandli bo‘la olishmagan. 2016 yilda Uilsonning bolasi o‘lik tug‘ilgan. Ko‘p o‘tmay erida bosh miya saratoni aniqlandi.

Er-xotin tashxisdan xabardor bo‘lgach, ekstrakorporal urug‘lantirishni sinab ko‘rishga qaror qilishdi. 2019 yil fevral Trevis vafot etdi. Amerikalik ayolga erining hayotlik paytida ikki marta embrionni o‘tkazishdi samara bermadi.

Eri vafot etganda ayolda beshta muzlatilgan embrion qoldi. U homilador bo‘lishga urinishni davom ettirishga ahd qildi. Chunki u va eri doimo bolali bo‘lishni orzu qilishgan. 2019 yil oktyabr oyida unga ikkita embrion o‘tkazishgandi, ular natija berdi.  2020 yil 9 mayda Julining uzoq kutilgan qizi dunyoga keldi. Unga Logan deb ism qo‘yishdi.

Julining aytishicha, yangi tug‘ilgan qizaloq marhum otasiga juda o‘xshaydi

Kiritildi: 12:37 14.02.2021. O'qildi: 5763 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!