Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Ota o‘z qizini otib o‘ldirdi! Nega?

Ota o‘z qizini otib o‘ldirdi! Nega?

Janubiy Karolina shtatida yashovchi erkak o‘z qizini «uyga kirishga urinayotgan o‘g‘ri» deb o‘ylab otib qo‘ydi. Qiz voqea joyida halok bo‘lgan, ota esa hibsga olingan, deb xabar beradi Forum Daily.

"Daryo" nashriga ko‘ra, 43 yoshli Jermeyna Tramone Pressli 23 yoshli qizi Nadeyji Presslini otib qo‘ygani haqidagi xabar mahalliy polisiya idorasi tomonidan ma’lum qilingan. Hozirda Jermeyna Pressliga nisbatan givohvand moddalarni tarqatish bo‘yicha ayblov e’lon qilingan.

Polisiyaning ma’lum qilishicha, tergov ishlari yakuniga yetmagani sabab Presslini o‘z qizining o‘limida ayblab bo‘lmaydi.

Erkak Grinvill okrugidagi hibsda ushlab turish markazida saqlanmoqda, u garov evaziga ozodlikka chiqish huquqidan foydalana olmaydi.

23 yoshli Nadeyji soat 01:15 larda Yang-strit ko‘chasida joylashgan uyiga kirayotgan vaqtida o‘q yegan va halok bo‘lgan.

Kiritildi: 15:16 21.05.2019. O'qildi: 2522 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!