Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Ota-bobolarimiz ham "kuyov-salom" qilgan(mi)?

A A A
Ota-bobolarimiz ham "kuyov-salom" qilgan(mi)?

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda "kuyov salom" aks etgan videolar tarqaldi.

Ko‘pchilik ushbu holatni keskin qoraladi, "yana bir bemantiq, keraksiz odat paydo bo‘libdi-da", deya fikr bildirdi. Lekin bilishimizcha, "kuyov-salom" kecha yoki bugun paydo bo‘lib qolgan emas.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu odat Samarqandda azaldan bor. Ushbu viloyatning ayrim hududlarida "kuyov-salom" azaliy odat sifatida o‘tkaziladi. Faqat videoda ko‘ringani kabi bo‘rttirilgan holatda emas.

To‘yda kuyov faqat Odam Ato va Momo Havoga salom berar ekan. O‘shanda ham ikki bukilmaydi. Boshini xiyol egib qo‘yadi, xolos. Keyin esa kuyovning nomidan uning yangasi salom qiladi.

Bizga bu haqda ma’lumot bergan samarqandliklarning aytishicha, kuyovning Odam Ato va Momo Havoga salom berishi, hurmat bajo keltirishi salbiy holat emas. "Kuyov-salom"ning negizida ham, aslida, ana shu mantiq yotadi.

Xullas, "kuyov-salom" sizu biz o‘ylagandek bugun paydo bo‘lgan emas. Eng muhimi, ushbu odatga amal qilinganda kuyov videolarda ko‘ringanidek ikki bukilib salom bermaydi. 

Kiritildi: 17:16 28.08.2019. O'qildi: 2728 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik