Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

"Osiyo taraqqiyot banki" Toshkent viloyatiga qancha kredit ajratishini ma’lum qildi

"Osiyo taraqqiyot banki" Toshkent viloyatiga qancha kredit ajratishini ma’lum qildi

Osiyo taraqqiyot banki Toshkent viloyatida oqava suvlarni integrasiyalashgan boshqaruv tizimini rivojlantirishga ko‘maklashish uchun 161 million dollar miqdorida kredit ajratishni ma’qulladi. Bu haqda OTB Matbuot xizmati xabar berdi.

“Zamonaviy, ishonchli suv ta’minoti va kanalizasiya xizmatlari O‘zbekistonning iqtisodiy dvigateli bo‘lgan Toshkent viloyati kabi yirik aglomerasiyalarining iqtisodiy salohiyatini ochishning kalitidir”, deydi OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha Bosh direktori Yevgeniy Jukov.

Qayd etilishicha, loyiha doirasida Ohangaron, Olmaliq, Angren, Bekobod, Chirchiq, Yangiyo‘l va Chinoz shaharlarining markazlashgan shahar oqava suv tizimlari modernizasiya qilinadi. Loyiha tozalash inshootlari va kanalizasiya tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish, shuningdek, 800 mingdan ortiq aholi uchun suv hisoblagichlarini o‘rnatishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Shuningdek, Chinoz, Yangiyo‘l va Zangiota tumanlaridagi 70 ta qishloq aholi punktlarida 136 ming aholiga fosseptiklar o‘rnatilib, markazlashtirilmagan kanalizasiya tizimlaridan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi.

“Ushbu loyiha suv va kanalizasiya boshqaruvi uchun sun’iy intellekt, masofaviy datchiklar kabi raqamli texnologiyalarni o‘z ichiga olgan aqlli yechimlarni namoyish etadi”, deydi OTB shaharsozlik bo‘yicha katta mutaxassisi Chon Xo Kim.

Bundan tashqari, OTB institusional islohotlarni amalga oshirish uchun 800 000 AQSh dollari miqdorida texnik yordam granti ajratadi.

Kiritildi: 15:26 26.11.2021. O'qildi: 1714 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!