Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov 2027 yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish niyatida ekanini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri qirg‘izistonlik jurnalist Ali Toqtakunovga bergan intervyusiga tayanib.
“Men yana bir muddatga o‘z nomzodimni qo‘yaman”, – dedi davlat rahbari o‘zining siyosiy kelajagi haqidagi savolga javob berar ekan.
Prezident saylovlarda har qanday nomzod ishtirok eta olishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat nomzodlar uchun cheklov o‘rnatmaydi va byudjet sektori xodimlariga ma’muriy bosimni istisno qiladi.
“Kim saylovda qatnashmoqchi bo‘lsa – marhamat. Hech kimni cheklamaymiz. Saylovlar qonunga muvofiq shaffof o‘tadi”, – deya bayonot berdi Prezident.
Sadir Japarov 2021 yil yanvar oyidan buyon Qirg‘iziston Prezidenti lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. O‘shanda u muddatidan ilgari o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarida 79 foizdan ortiq ovoz to‘plab g‘alaba qozongan edi.
Qirg‘izistonda navbatdagi prezidentlik saylovlari 2027 yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tadi.
2026 yil iyul oyida mamlakatda prezidentlik va parlament saylovlarini o‘tkazish qoidalari o‘zgartirilgan: konstitusiyaviy qonun bilan davlat rahbarining navbatdagi saylovi uchun yangi sana – 2027 yil yanvar oyining to‘rtinchi chorshanbasi etib belgilangan.