Nashrning yozishicha, yer yo‘ldoshigacha bo‘lgan yo‘lning yarmidan ko‘pini bosib o‘tgan AQShning "Orion" kosmik kemasi bortidan astronavtlar tomonidan olingan Oy surati mana shunday ko‘rinishga ega.
NASA bayonotiga ko‘ra, "Artemida-2" (Artemis II) oy missiyasi ishtirokchilari ilk bor Yer yuzasidan kuzatish imkoni bo‘lmagan Sharqiy dengiz (Mare Orientale) hududining suratlarini olishga muvaffaq bo‘lishdi.
Oy dengizlari deb qadimiy bazalt lava oqimlari bilan qoplangan zarba kraterlaridagi keng pasttekisliklar ataladi. Sharqiy dengiz joylashgan kraterning diametri 900 km dan ortiq bo‘lib, u taxminan 3,8 milliard yil avval asteroid bilan to‘qnashuv natijasida hosil bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, Oy parvozida to‘rt nafar astronavt ishtirok etmoqda. Ular 10 kun ichida Yer yo‘ldoshini aylanib o‘tishlari va Oy yuzasiga qo‘nmasdan Yerga qaytishlari lozim, deyiladi xabarda.